SMM panel — bu Instagram, Facebook, Twitter, YouTube va boshqa ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zingizni yoki kompaniyangizni targ‘ib qilishdir. Agar siz internetdagi faolligingizni oshirish yo‘lini qidirsangiz, eng yaxshi tanlov bu — bizning SMM24.uz panelimiz. Bu yerda siz barcha ijtimoiy tarmoqlarda arzon narxlarda faol bo‘lishingiz uchun kerakli xizmatlarni topasiz. Buning uchun siz:


1. Xavfsizligingiz uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni boshqalarga bermasligingiz.

2. Faqat o'z xohishingizga ko'ra va o'zingizga tegishli kartalar orqali to'lov qilishingiz kerak.

3. Adashib yoki ataylab va har qanday boshqa sabablarga ko'ra boshqa to'lovlarni qaytarishni talab qilmasligingiz;

4. Saytda qonunga zid bo'lgan hatti harakatlarni (ta'qiqlangan kanal/guruh/havolalar ga buyurtmalarni) amalga oshirmasligingiz kerak.

5. Boshqa hisob orqali o'z-o'zingizni taklif havola orqali taklif qilmasligingiz kerak. Bu bloklanishga olib kelishi mumkin. Taklif havola orqali to'plangan bonuslaringiz, Hisobingizdan sarflangan pullarning 6 foizidan oshmasligi kerak. Masalan: 51$ miqdordagi bonuslaringizni yechib olish vaqtingizda eng kamida har safar 850$ lik xizmatlarimizdan foydalangan bo'lishingiz shart.

6. Yomon maqsadlarda foydalanmasligingiz.

7. Buyurtmalarni amalga oshirishdan oldin "Batafsil" qismi bilan albatta tanishing va amal qiling. Bu buyurtmalaringizni siz xohlagandek, talablaringizga mos ravishda va sifatli bajarilishiga yordam beradi. Xizmatlar bilan aloqador ma'lumotlarni yuqori aniqlikda aytganmiz. Shunday bo'lsa ham javobgarlikni to'liqligicha o'z zimmamizga olishimizning imkoni yo'q.

8. Obunachi yoki boshqa xizmatlarimizdagi yozib o'tilgan Kafolat yoki qayta tiklashlar ijtimoiy tarmoq kompaniyalari tomonidan tozalash ishlari amalga oshirilmagan holatda to'liq amal qiladi.

9. Har bir mijozni qadrlaymiz. Shu sababli eng yuqori sifatli xizmatlarimizni ham, eng hamyonbop narxlarda taqdim etishga harakat qilamiz.

10. Qo'shimcha qulayliklar va yengilliklar joriy qilish va boshqa maqsadlarda ushbu xizmat ko'rsatish shartlariga ogohlantirmasdan turib o'zgartirishlar kiritishni o'z zimmamizda saqlab qolamiz.